19 iyun kuni Narpay tumanida joylashgan “Mirbozor” MChJ hududida fuqaro S.D. spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda o`ziga oldindan tanish bo`lmagan U.U. ismli qizning qo`lidan to`rtib, unga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIb xabar berdi.
U.U. Narpay tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, S.D. ga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Ariza yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to`plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlari bo`yicha Narpay tuman sudiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Narpay tuman sudining 2021 yil 23 iyun kunidagi qaroriga asosan, S.D. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.






