AsosiyJinoyat

Nurafshon shahrida qalbaqi dollar sotayotganlar qo`lga olindi

'Nurafshon shahrida qalbaqi dollar sotayotganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo`limi tomonidan qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro N.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaroga qalbaki 1 100 AQSh dollarini 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar