AsosiyJinoyat

Samarqandda unumdor er qatlamiga zarar etkazgan fermer xo`jaligi rahbariga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Samarqandda unumdor er qatlamiga zarar etkazgan fermer xo`jaligi rahbariga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi. Tergov natijalari Departamentning Matbuot xizmati tomonidan ma`lum qilindi.

Unga ko`ra, “O.” fermer xo`jaligiga g`allachilik-sabzavotchilik-uzumchilik uchun ajratilgan 52,4 gektar er maydonini xo`jalik rahbari belgilangan yo`nalishlarda emas, boshqa maqsadlarda foydalangan.

Bino-inshoot qurishga ruxsat beruvchi hujjatlari mavjud bo`lmasada, o`zboshimchalik bilan 0,20 gektar erda qurilish ishlarini amalga oshirganligi hamda 0,18 gektar erning unumdor qatlamidan tuproq kovlab olganligi natijasida jami 0,38 gektar er maydonining qishloq xo`jaligi oborotidan chiqishiga yo`l qo`yib, davlat va jamiyat manfaatlariga 279,6 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fermer xo`jaligi rahbari U.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar