AsosiyJinoyat

Surxondaryoda o`zini himoya qilish uchun erini o`roq bilan o`ldirib qo`ygan ayolga sud hukmi o`qildi

'Surxondaryoda o`zini himoya qilish uchun erini o`roq bilan o`ldirib qo`ygan ayolga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Surxondaryoda er-xotinning urushi ulardan birining o`limi bilan yakunlandi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, Xurshid (ism va nomlar o`zgartirilgan) spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holda Azizaning uyiga keladi. Shar`iy nikoh asosidagi turmush o`rtog`i uning uyiga qaytib borishdan bosh tortganligi uchun Aziza bilan janjal qilib, uyiga olib ketish uchun unga o`roq ko`tarib, o`ldirish bilan tahdid qilgan. Aziza voyaga etmagan farzandi bilan birga Xurshiddan qochib, tomorqa etagidagi ariq ichiga yashirinib, oradan biroz vaqt o`tganidan so`ng Xurshidni ketgan deb o`ylab, darvozasini yopish uchun borayotganida Xurshid yashirinib turgan joyidan chiqib keladi va  turmush o`rtog`iga bosim o`tkazish uchun qo`lidagi o`roq bilan o`zining chap ko`krak qafasiga tan jarohati etkazadi.  Shundan so`ng tortishuv vaqtida Xurshidning qo`lidagi o`roq erga tushib ketgan vaqtda Aziza va Xurshidlar o`roqni olish uchun erga engashadi, Aziza chaqqonlik qilib o`roqni olib, jahl ustida engashib turgan Xurshidning ko`krak qafasi o`rta qismiga, to`sh sohasiga bir marotaba urgan. Xurshid qaddini rostlagan vaqtda o`roqning tig` qismi uning to`sh pastki uchligi va 6-qovurg`aning to`sh suyagiga birikish qismidan to`liq kesib, teshib o`tib, yurak o`ng qorinchasi, diafragma va jigarni jarohatlagan. Buning oqibatida o`tkir ichki va tashqi qon ketishi yuz berib, ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan Xurshid kasalxonada vafot etgan.

Sud Azizaning marhum turmush o`rtog`iga yana o`roq urishi, uni o`ldirishi uchun imkoniyati bo`lsada, qonni ko`rganidan so`ng jinoiy harakatlarini ixtiyoriy ravishda to`xtatganligini, jinoyat sodir etganidan keyingi harakatlarini, ya`ni jabrlanuvchiga yordam ko`rsatib, bo`lgan voqea xaqida qarindoshlariga xabar qilganligidan kelib chiqqan holda, uning qasdi turmush o`rtog`ini o`ldirishga emas, balki unga tan jarohati etkazishga qaratilgan, deya baholadi. Shuningdek, aybiga qisman iqror, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini, jinoyatni ochishda faol yordam berganligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini, jabrlanuvchining g`ayriqonuniy va axloqqa zid xulq-atvori ta`siri ostida jinoyat sodir etganligini jazoni engillashtiruvchi holatlar deb topib, uning harakatlarida jazoni og`irlashtiruvchi holatlar yo`q deb hisobladi.

 Sud Azizaga nisbatan jazo tayinlashda sodir etilgan qilmish og`ir turdagi jinoyatlar turkumiga kirsada, sudlanuvchining oilaviy sharoitini, aybiga to`liq iqror, pushaymonligini, ayolligini, qaramog`ida bir nafar voyaga etmagan farzandi borligini va sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi boshqa shu kabi holatlarni e`tiborga olib, mamlakatimiz qonunchiligining insonparvarlik va odillik prinsiplariga ko`ra ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ozodlikdan mahrum etish eng ko`p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo`lishi mumkin emasligi qonunchilikda belgilangan jazodan ham kamroq ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni, jazoni O`zbekiston Respublikasi JKning 50-moddasiga asosan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tashni belgilashni, uning qamoq ehtiyot chorasini aslicha qoldirishni, jazoni o`tash muddatini u amalda ushlangan kunidan boshlab hisoblashni lozim topdi.

Sud Azizagaozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanayotganligini uchun uning voyaga etmagan o`g`lini vasiylikka berish majburiyatini Qumqo`rg`on tuman xokimi va Qumqo`rg`on  tuman Xalq ta`limi bo`limi vasiylik va homiylik organi zimmasiga yuklatilgan.

   

    Boshqa yangiliklar