1

O`zbekistonga bugun ham yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi

Jamiyat 30.06.2021, 08:37
O`zbekistonga bugun ham yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi

Bugun yurtimizga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar qildi. 

Bu ushbu vaksinaning yurtimizga keltirilgan 7-partiyasi bo`lib, xuddi shuncha miqdorda kecha ham keltirilgan edi. Bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning:

27 martda — 1 million doza,

27 aprelda — 1 million doza,

18 mayda —  1 million doza,  

19 mayda —  500 ming doza,

10 iyunda — 1 million doza,

28 iyunda — 1 million doza

partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, O`zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 million dozaga etmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,5 million dozadan ortig`i vaksinasiya jarayonlarida qo`llanildi, deyiladi xabarda. 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1