1

Talabalar uchun ta`lim kreditlari 28 foizdan 14 foizgacha tushiriladi va yana...

Jamiyat 01.07.2021, 01:11
Talabalar uchun ta`lim kreditlari 28 foizdan 14 foizgacha tushiriladi va yana...

"Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida o`qish imkoniyati bo`lmagan yoshlarimizni qo`llab-quvvatlash bo`yicha yangi tizim yaratamiz", - dedi Prezident Shavkat Mirziyoev bugungi Yoshlar forumida.

Bugungi kunda to`lov-shartnoma pullarini to`lash uchun talabalarning ota-onalari 22-28 foizli 3 yil muddatga ta`lim kreditlari olishmoqda. Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og`irlik qilayotganini hisobga olib, yangi o`quv yilidan barcha uchun ta`lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya`ni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratilishi belgilandi.

Bunga qo`shimcha ravishda, ta`lim kreditlarini qoplash uchun yo`naltirilgan mablag`lar daromad solig`idan ham ozod qilinadi.  

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o`qishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan to`lab berish tartibi joriy etiladi.

Mavzuga oid:

Namanganlik Dilobar Mahmudova tashabbusi bilan o`zbek mumtoz tili lug`ati yaratiladi

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1