1

Har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi

Jamiyat 01.07.2021, 01:33
Har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi

Yoshlar uchun haqiqiy bayramona kayfiyat va yaxshi yangiliklarga boy bo`lgan Forumda Prezident Shavkat Mirziyoev iqtidorli yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlari – “Kelajak liderlari”ni shakllantirish masalasiga ham to`xtaldi.

Yosh kadrlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosatimizni qat`iy davom ettiramiz. Buning uchun, viloyat, tuman va shahar Kengashlari har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlaydilar. Joriy yildan boshlab bunday iqtidorli yoshlarimiz “El-yurt umidi” jamg`armasi mablag`lari hisobidan chet ellarda stajirovka o`taydi. Shuningdek, xalqaro nufuzli reytinglarda mingtalikka kirgan oliygohni tugatgan va chet elda ilmiy ish qilgan yosh mutaxassislarga qo`shimcha haq to`lanadi”, - dedi davlat rahbari.

Shuningdek, Forumda xorijdagi nufuzli oliygohlarda o`qiyotgan, ilm-fan bilan shug`ullanayotgan, yirik va etakchi kompaniyalarda ish olib borayotgan yuksak bilim va malakaga ega hamyurt yoshlarimizni Vatanimizga kelib ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib berilishi, ularni rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida belgilash, uy-joy ajratish, munosib maosh to`lash bo`yicha yangi tizimni joriy etilishi haqida ham aytib o`tildi.

Mavzuga oid:

Namanganlik Dilobar Mahmudova tashabbusi bilan o`zbek mumtoz tili lug`ati yaratiladi
 

Talabalar uchun ta`lim kreditlari 28 foizdan 14 foizgacha tushiriladi va yana...

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1