Surxondaryo viloyatida qo`shmachining qilmishi fosh bo`ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, Termiz shahrida 2021 yilning 21 may kuni soat 23.50 larda, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi xodimlari tomonidan shaharning “Do`stlik” mahallasida tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbir davomida, shaharning “Do`stlik” mahallasida yashovchi, O.Nigora yashash uyida 400.000 so`m pul evaziga Termiz shahrida yashovchi B.Shahnoza va Termiz tumanida yashovchi, Sh.Alisherlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
27 may kuni O.Nigoraga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






