Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro S.S. “R.L.” va “O.N.” MChJlarni norasmiy ravishda yuritib kelib, ushbu jamiyat rahbarlari va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 34 nafar fuqarolarni go`yoki mazkur jamiyat ishchilari sifatida rasmiylashtirib, ularning xabardorligisiz tijorat bank filiallari orqali “JOYDA” mobil ilovasi yordamida 897 mln so`m “onlayn” kredit mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, olingan kreditning 769,7 mln so`mini qaytarmasdan, o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






