Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, “J.” va “E.” MChJlar rahbari K.M. ushbu jamiyatlarda go`yoki 18 nafar xodimi borligi to`g`risida soxta ma`lumotlarni tuzib, qalbaki hujjatlar asosida ularning nomiga bank muassasasidan 207 mln so`m kredit rasmiylashtirib, kredit mablag`ining 192 mln so`mini qaytarmasdan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






