AsosiyJinoyat

"Toshissiqquvvati"ning Yunusobod tumani bo`limi mas`ullariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'"Toshissiqquvvati"ning Yunusobod tumani bo`limi mas`ullariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma`lum qilishicha, Yunusobod tuman bo`limida o`tkazilgan tekshiruvda, “Toshissiqquvati” DUK Yunusobod tumani issiqlik tarqatish bo`limi mas`ullari suv hisoblagichlarning sertifikatlarini ro`yxatdan o`tkazmagan.

Markazlashgan bazaga ma`lumotlar vaqtida kiritilmaganligi oqibatida 61 ta iste`molchi tomonidan 110,5 mln so`mlik noreal qarzdorlikni vujudga kelgan. Shuningdek, 31 mln so`m muddati o`tgan debitor qarzdorlikni undirish choralari ko`rmasdan kelishlari natijasida davlat manfaatlariga zarar etkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar