AsosiyJamiyat

Toshkentda bir kunda qariyb 1000 nafar fuqaro niqob taqmagani uchun ma`muriy javobgarlikka tortildi

'Toshkentda bir kunda qariyb 1000 nafar fuqaro niqob taqmagani uchun ma`muriy javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxtimiz aholisi tomonidan karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishmoqda. Birgina 3 iyul kuni karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 nafar fuqarolar ma`muriy javobgarlikka tortildi, 4885 nafar fuqarolar esa ogohlantirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 54-moddasiga asosan, vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo`lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.  

"Hurmatli fuqarolar, karantin qoidalariga rioya etishingiz avvalambor sizlarning va yaqinlaringizning sog`lig`i uchun kerak. Tibbiy niqob taqing, o`zingizni va atrofdagilarni koronavirus infeksiyasidan himoya qiling!",– deyiladi IIBB axborotida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar