1

Sirdaryoda poezd 55 yoshli ayolni urib ketdi. Ayol voqea joyida vafot etgan

Jamiyat 05.07.2021, 08:28
Sirdaryoda poezd 55 yoshli ayolni urib ketdi. Ayol voqea joyida vafot etgan

4 iyul kuni Guliston shahrida yuk poezdi ayol kishini urib yubordi. Bu haqda tarqalgan xabarlarni Sirdaryo viloyati prokuraturasi «Sirdaryo Xabarlari»ga tasdiqlagan. 

Unga ko`ra, 2021 yil 4 iyul kuni soat 12:20larda Sirdaryo viloyati «Guliston-Oqoltin» temir yo`l bekatlari oralig`i 3484km 1-piketida yuk poezdi Guliston shahar 3-mavzedan Bahor mahallasiga o`tish joyida mavjud bo`lgan piyodalar o`tish yo`lagidan o`tayotgan Guliston shahrida yashovchi 55 yoshli M.D. (ayol)ni urib yuborgan.

Xabarga ko`ra, ayol olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

"Hozirda Xovos transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, joriy yilning 24 may kuni soat 13-30 larda Xovos tumani poezd urib ketgan ayolning tanasi ikkiga bo`linib ketgani xabar qilingan edi. 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1