AsosiyJinoyat

Na pul na, mashinali bo`ldi...

'Na pul na, mashinali bo`ldi...'ning rasmi

IIB axborot xizmati bergan xabarga ko`ra, Qarshi shahar “Komilon” MFYda yashovchi uy bekasi R.N. yaxshi niyatlar bilan avtomashina olish uchun pul chiqqan. Uning bu niyatidan xabar topgan Qarshi tumani “O`zbekiston Mustaqilligi” MFYda yashovchi A.Sh. va “Batosh” MFYda O.Sh. va Qarshi shahar “Qarliqbog`ot” MFYda yashovchi D.S.lar 2020 yil 11 iyun kuni uning uyiga kelib, “Kaptiva” avtomashinani sotish uchun kelishadi. Natijada ularning va`dalariga ishonib, avtomashinani sotib olish uchun 250.000.000 so`m pullarni beradi. Oradan bir necha kun o`tib, “Kaptiva”ni nomiga o`tkazib olmoqchi bo`lganida ushbu avtomashini taqiqda ekanligini biladi. Na puli, na mashinani nomiga o`tkazib olomagach, bu haqda Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga pullarni olishda amaliy yordam so`rab murojaat qiladi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Shu o`rinda IIB duch kelgan odamga ishini bitirib berishi yoki avtomashinasini sotib olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmasdan sarmoyasini bermasliklari to`g`risida fuqarolarni ogohlantirmoqda.

Boshqa yangiliklar