23 iyun kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yoyilma MFY hududida yashovchi N.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, “ko`knor somoni” giyohvandlik vositasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






