Olot tumanida aka-singilning janjali o`lim bilan yakun topdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 4 iyul kuni Olot tumani Usmonshayx mahallasida yashovchi, 1958 yilda tug`ilgan nafaqadagi 63 yoshli T.H. ismli shaxs, 1963 yilda tug`ilgan o`zining singlisi 58 yoshli T. R. bilan er joy talashishi oqibatida kelib chiqqan janjal vaqtida singlisining ko`krak qafasi hamda bel sohasiga oshxona pichog`i bilan urib, tan jarohati etkazgan.
Natijada, T.R. olgan tan jarohatidan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Olot tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqaro T.H. ish bo`yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.






