AsosiyJinoyat

Buxoroda qo`shni davlatdan uchib kelgan shaxsda 1 dona 7,62 mm. kalibrli patron borligi aniqlandi

'Buxoroda qo`shni davlatdan uchib kelgan shaxsda 1 dona 7,62 mm. kalibrli patron borligi aniqlandi'ning rasmi

Buxoro xalqaro aeroportiga qo`shni mamlakatdan uchib kelgan va “yashil” yo`lak orqali harakatlangan fuqaro A.R. o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda "Darakchi.uz" manbasi xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, A.R. ga tegishli bo`lgan qo`l yuklari va kuzatib borilayotgan bagaji rentgen apparati orqali bojxona nazoratidan o`tkazilganda, uning ichida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, 1 dona 7,62 mm. kalibrli patron borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar