AsosiyJinoyat

Kredit mablag`i yana o`zlashtirildi. Nega?

'Kredit mablag`i yana o`zlashtirildi. Nega?'ning rasmi

Paxtakor tumanida fermer xo`jaligining kredit mablag`ini o`zlashtirgan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lumot berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtakor tuman bo`limi tomonidan fermer xo`jaliklarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, "A." MChJ rahbari va boshqalar "G`" fermer xo`jaligiga ajratilgan 400 mln so`m kredit evaziga olib kelingan tomchilatib sug`orish texnologiyasini hozirgi kunga qadar xo`jalik erlariga  o`rnatmasdan 122,6 mln so`m kredit mablag`ini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar