AsosiyJinoyat

Namanganda 440 million so`mlik imtiyozni noqonuniy qo`lga kiritishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi

'Namanganda 440 million so`mlik imtiyozni noqonuniy qo`lga kiritishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi'ning rasmi

Davlat  bojxona qo`mitasining xabar berishicha, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublika hududigaga avtotransport vositalarini noqonuniy olib kirishga chek qo`yilgan.

Jumladan, Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan  tadbirda “Namangan” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida fuqaro R.A nomiga chetdan keltirilgan yuk avtomashinasini bojxonada rasmiylashtirish vaqtida qing`irlikka qo`l urilgani aniqlangan.

Gap shundaki, bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda ushbu texnika 2017 yilda ishlab chiqarilgani qayd etilgan bo`lsa-da, ammo ekspertiza natijalariga ko`ra bu tasdig`ini topmagan. O`rganishlar davomida ma`lum bo`lishicha, yuk avtomashinasi 2017 yilda emas aslida 2016 yilda ishlab chiqarilgan ekan.

Ma`lumotlarni soxtalashtirish orqali yuk avtomashina egasi bojxona to`lovlaridan qariyb 440 million so`m imtiyozlarni qo`lga kiritmoqchi bo`lganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilayotgani aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar