AsosiyJinoyat

Shofirkonda 600AQSh dollari evaziga soxta hujjat tayyorlagan kadastr bo`limi xodimi qo`lga olindi

'Shofirkonda 600AQSh dollari evaziga soxta hujjat tayyorlagan kadastr bo`limi xodimi qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, tumanda 600 AQSh dollari evaziga uy-joyga bo`lgan egalik huquqini beruvchi soxta hujjat tayyorlash orqali firibgarlik qilgan kadastr bo`limi xodimi qo`lga olingan.

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi o`tkazgan tadbirda, Davlat kadastrlari palatasi Shofirkon tumani filiali kadastr muhandisi, xizmat mavqeidan foydalanib, o`zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiiste`mol qilib, tuman qurilish bo`limining mansabdor shaxslariga pora berish orqali, uning Shofirkon tumani, “Sultonobod” mahallasidagi uy-joyini turmush o`rtog`i nomiga, “yakka tartibda uy-joy qurilishi tugallangan binosini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi”ni tayyorlash orqali rasmiylashtirib berishni va`da qilib, buning evaziga undan 600 AQSh dollari talab qilib, ushbu pullarni firibgarlik yo`li bilan olayotgan vaqtda qo`lga olingan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanganda, Davlat kadastrlari palatasi Shofirkon tuman filiali kadastr muhandisi, tumanning Sultonobod mahallasi Sug`ut qishlog`idagi uy-joyga “yakka tartibda uy-joy qurilishi tugallangan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi”ni olish uchun muhim bo`lgan, muayyan huquq beradigan rasmiy hujjat hisoblangan Shofirkon noxiya soveti prezidiumining uy-joy qurish uchun er maydoni ajratish to`g`risidagi qarorida kompyuter texnikasi yordamida soxta ma`lumotlar kiritib, ushbu qarorni qalbaki ekanligini bila turib, uni davlat xizmatlariga taqdim qilish uchun fuqaroga tayyorlab bergan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksininig 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilinmoqda.

Boshqa yangiliklar