Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Yunusobod tumani IIO FMB dan kelib tushgan xabarga ko`ra, 27 iyun kuni noma`lum shaxs Xamkorobod ko`chasida joylashgan uylarning biriga kalit tanlash yo`li bilan kirib, 33 yoshli X. R. ga tegishli 3.800.000 so`mlik muzlatgich ehtiyot qismlarini o`g`irlab, voqea joyidan yashiringan. Olib borilgan qidiruv davomida, ushbu jinoyatni, 21 yoshli N.T. sodir etganligi aniqlangan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`irlik”) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom etayotgani aytilmoqda
09.07.2021 07:14
Kalit tanlash yo`li bilan o`g`irlik sodir etgan shaxs qo`lga olindi






