AsosiyJinoyat

Surxondaryoda o`g`il onasini haqorat qilgan erkakni pichoqlab o`ldirdi

'Surxondaryoda o`g`il onasini haqorat qilgan erkakni pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Surxondaryoda o`zaro janjal odam o`limiga sabab bo`ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Axborot xizmati.

Ma`lum bo`lishicha, Sho`rchi tumanida 2021 yilning 26 iyun kuni soat 20.30 larda, tumanning “Oynako`l” mahallasida yashovchi, J.Arslon qo`shnisi bo`lib yashovchi qarindoshi, Q.Ra`noning yashash uyiga kelib, undan savdo do`konidan olgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qarzini so`rab, o`zaro tortishib qoladi. Erkak haqoratli gaplar qilgach, Q.Ra`noning o`g`li J.Bozor janjalga aralashib, uning onasini haqorat qilgani sababli, yashash uyidan oshxona pichog`ini olib, J.Arslonning son qismiga bir marotaba sanchib, “hayot uchun havfli bo`lgan og`ir” tan jarohati etkazgan. 

Natijada J.Arslonga tibbiy yordam ko`rsatish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilayotganida, yo`lda vafot etgan. J.Bozorga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar