Chet eldan avtomobil olib kelishini va`da qilgan 19 yoshli yigitga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIB ma`lumot berdi.
Sergeli tumani IIO FMB dan kelib tushgan xabarga ko`ra, 10 iyun kuni 19 yoshli Islombek O. 29 yoshli Shaxbozjon J. ning ishonchiga kirib, unga Dubaydan “Toyota Prado” mashinasini olib kelib berishini va`da qilib, 48.000 AQSh dollar olgan.
Vadasining ustidan chiqmagan Islombek O. pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi ("Firibgarlik") bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






