1

Olmaliqda janjal oqibatida 27 yoshli yigit vafot etdi

Jinoyat 11.07.2021, 16:09
Teglar: Toshkent viloyati IIBB
Olmaliqda janjal oqibatida 27 yoshli yigit vafot etdi

8 iyul kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan «Olmaliq dehqon bozori» MChJ hududida meva va poliz mahsulotlari sotish bilan shug`ullanuvchilar (ismlar o`zgartirilgan) aka-uka 29 yoshli Baxodir va 22 yoshli Ismoil hamda 1996 y.t. 25 yoshli Kozimjon o`rtasida, o`zaro gap talashishlari oqibatida janjal kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Janjal vaqtida Kozimjon qo`li bilan Baxodirni urgan vaqtida janjalga Ismoil (Baxodirning ukasi) qo`shilgan va qo`lida bo`lgan oshxona pichog`i bilan Kozimning ko`krak qismiga bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan.

Natijada, 25 yoshda bo`lgan Kozimjon olgan tan jarohati bilan Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Toshkent viloyatida 2ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

13.11.2021, 17:57

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan "Damas" va "Lacetti" ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. Joriy yilning 10 noyabr kuni soat 18:00 larda Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, "Kangli-X.Maqsudov"...
Toshkent viloyati IIBB da bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

04.07.2021, 13:01

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.             ...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1