Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Sayxunobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tadbirda, fuqaro M.Q. xaridor F.ga 150 dona kuchli ta`sir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasini 12 mln so`mga sotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, mazkur shaxsga dori vositalarini etkazib beruvchi sherigi A.X. 600 dona ushbu dori vositasini 30 mln so`mga o`tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.






