AsosiyJinoyat

Buxoroda 4000 dollar evaziga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Buxoroda 4000 dollar evaziga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan  hamkorligida o`tkazilgan  tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.Sh. 2 nafar fuqaroni vakolatli tanishlari orqali Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti Buxoro filialiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda, yana bir fuqaro U.J. sherigi Sh.Sh.dan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar