AsosiyJinoyat

Toshkentda institut talabasiga tan jarohati etkazgan abiturient 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

'Toshkentda institut talabasiga tan jarohati etkazgan abiturient 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida, Toshkent San`at va madaniyat instituti talabasiga tan jarohat etkazgan 19 yoshli abiturientga hukm o`qildi.

Abiturient Toshkent San`at va madaniyat institutida ta`lim oluvchi o`zaro tanishi bilan birga o`quvchi kursdoshi urishib qolishganidan xabar topadi. Jabrlanuvchi talaba bilan o`zaro gap talashib, bir-biri bilan janjal qilish maqsadida institut hududidan chiqib ketish jarayonida, qasddan talabining ortidan boradi. O`zaro gap talashib qolgan vaqtida abiturient jabrlanuvchi talabaning qo`llarini ushlagan xolda, quchoqlab ko`tarib, uning bosh qismi bilan erga urib tan jarohati etkazgan.

Abiturient O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e,k” bandlari bilan aybdor deb topildi va unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

Sudya tomonidan hukmdan norozi taraflar hukm e`lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, yigirma sutka ichida Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berishi yoki protest bildirishga haqli ekani tushuntirildi.

Boshqa yangiliklar