Avvalroq, Namanganda kuchli do`l yog`gani va sel kelgani haqida xabar bergan edik.
Favqulotda vaziyatlar vazirligi Kosonsoy tumanida sodir bo`lgan vaziyat yuzasidan birlamchi ma`lumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 13 iyul kuni Qirg`iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sel oqimlari hosil bo`lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Obod” MFY hududidan o`tuvchi “Kosonsoy” soyidan oqib kelgan.
Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
"Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda. Holat bo`yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisa yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladi",–deyiladi FVV axborotida.