AsosiyJinoyat

Jalaquduq dehqon bozorida o`zini shubhali tutgan shaxs “gashish” bilan qo`lga tushdi

'Jalaquduq dehqon bozorida o`zini shubhali tutgan shaxs “gashish” bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

2021 yil 11 iyul kuni soat 10:30 lar chamasida Jalaquduq tumani markazida joylashgan Dehqon bozorda xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan o`zini shubhali tutgan “Guliston” MFY, Guliston ko`chasida yashovchi 1972 y.t. muqaddam 2017 yilda Jinoyat kodeksining 273-modda 2-qismi, 276-modda 2-qismlari bilan sudlangan hozirda jazo muddatini o`tab bo`lgan G`.Q.ning yoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda qo`lida bo`lgan qora sellofandagi bulg`or qalampirlar orasida o`tkir hidli “gashish” jigarrang tusli saqichsimon modda gugurt qutida 2 bo`lak borligi aniqlanib, bayonnoma orqali olindi. Bu haqda IV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda. 

Ushbu modda sof vaznini aniqlash maqsadida Andijon viloyati 6-sonli dori darmon xususiy korxonasi mutaxassisi tomonidan tortilganda, jami og`irligi 2.8 grammni tashkil qildi.

Hozirda Jinoyat kodeksining 276-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar