2021 yil 11 iyul kuni Qo`qon-Buvayda temir yo`l bekatlari oralig`i 22-kmda Buvayda tumani, “Jilva” qishlog`ida yashovchi fuqaro O`.Z. o`zini poezd ostiga tashlamoqchi bo`lgan vaqtida, TXTB PPX xodimi uni ushlab qoldi. Bu haqda IIV aхborot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqaro O`.Z. haqiqatdan ham oilaviy janjal tufayli o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lganligi aniqlangan.
Shundan so`ng, ushbu fuqaro bilan ota-onasi, mahalla raisi va mahalla faollari ishtirokida profilaktik suhbat o`tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
“Jilva” mahalla fuqarolar yig`ini raisining xotin-qizlar masalalari bo`yicha o`rinbosari murabbiy etib biriktirildi.






