AsosiyJamiyat

“Nuroniy” jamg`armasi Andijon shahar Kengashi raisi vafot etdi

'“Nuroniy” jamg`armasi Andijon shahar Kengashi raisi vafot etdi'ning rasmi

Ta`lim faxriysi To`ychiev Tohirjon Abdullaevich 2021 yil 13 iyul kuni 71 yoshida olamdan o`tdi. Bu xaqda Andijon viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

To`ychiev Tohirjon Abdullaevich 1950 yil 12 avgust sanasida Andijon shahrida tug`ilgan. 1972 yil Andijon davlat tillar pedagogika institutini tamomlab, o`z mehnat faoliyatini Asaka tumani 6-umumta`lim maktabi o`qituvchisi sifatida boshlagan.

Andijon viloyati xalq ta`limi tizimida 40 yilga yaqin muddat  samarali mehnat qilib, minglab shogirdlarning katta xayot yo`liga qadam qo`yishlariga hissa qo`shgan Tohirjon To`ychiev vafotiga qadar “Nuroniy” jamg`armasi Andijon shahar Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Andijon viloyati hokimligi marhumning oila a`zolariga chuqur ta`ziya izhor etadi.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok

    Boshqa yangiliklar