Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 15-16 iyul kunlari Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi.
Konferensiya doirasida Pokiston Islom Respublikasi hamda O`zbekiston Respublikasining to`qimachilik sanoati vakillari va biznes guruhlar ishtirokida To`qimachilik sanoati forumi tashkil etilmoqda.
Forum bugun, 14 iyul kuni soat 11.00 "Wyndham Tashkent" mehmonxonasining konferensiyalar zalida ochiladi.
Eslatib o`tamiz, mazkur xalqaro konferensiya faoliyati haqida ma`lumot berish maqsadida uning rasmiy sayti ham ishga tushirildi.






