Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni qariyb 500 nafarga etdi, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 300 nafardan oshdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati.
2021 yil 13 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117409 (+491) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-40 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-32 nafari Andijon viloyatida,
-21 nafari Buxoro viloyatida,
-52 nafari Jizzax viloyatida,
-17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-12 nafari Navoiy viloyatida,
-45 nafari Namangan viloyatida,
-32 nafari Samarqand viloyatida,
-20 nafari Sirdaryo viloyatida,
-31 nafari Surxondaryo viloyatida,
-29 nafari Farg`ona viloyatida,
-10 nafari Xorazm viloyatida,
-57 nafari Toshkent viloyatida,
-93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 319 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 112546 (+528) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 781 nafarni tashkil qildi.






