AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qo`llanilgan vaksinalar 5,1 million dozadan oshdi

'O`zbekistonda qo`llanilgan vaksinalar  5,1 million dozadan oshdi'ning rasmi

13 iyulga ko`ra, O`zbekiston hududlari bo`ylab 132 764 doza vaksina qo`llanildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilmoqda.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 101 000 nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 17 263 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 14 501 nafarni tashkil qildi.

 

Ayni kungacha jami 5 129 626 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 3 158 120 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 1 453 556 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 517 950 nafarni tashkil qildi.  

 

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 938 529 nafarni tashkil qilmoqda.

 

13 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Farg`ona viloyati (20 685 doza);
  • Namangan viloyati (20 669 doza);
  • Samarqand viloyati (15 495 doza) band qildi.  

 

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

  • Namangan viloyatida 651 374  doza; 
  • Farg`ona viloyatida 647 935 doza;  
  • Andijon viloyatida 584 240 dozani tashkil qilmoqda.  

 

 

Boshqa yangiliklar