AsosiyJinoyat

Denovda fermer xo`jaligi erini sotgan fuqaro aniqlandi

'Denovda fermer xo`jaligi erini sotgan fuqaro aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bu haqda  xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Denov tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan  o`tkazilgan tekshiruvda, fuqaro K.S. turmush o`rtog`i rahbarligidagi “A.” fermer xo`jaligi balansida bo`lgan er maydonining 5 sotixini firibgarlik yo`li bilan sotishni rejalashtirib, fuqaro S.ni tanishlari orqali er maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishga ishontirgan.

 Uning 5 500 AQSh dollari va 16 mln so`mini qo`lga kiritganligi aniqlangan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar