AsosiyJamiyat

Iyul oyi oxirigacha yana 4 mln. doza vaksina keltiriladi

'Iyul oyi oxirigacha yana 4 mln. doza vaksina keltiriladi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining axborot berishicha, joriy yilning 20-25-iyul kunlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan qo`shimcha 4 mln. doza olib kelish ko`zda tutilgan.  Bu haqda  O`zbekistonda  ZF-UZ-VAC2001 vaksina sinovlari jarayonlari haqida xabar beruvchi Vaksinauz kanalida xabar qilindi.

Shuningdek, avgust oyida  Sputnik V vaksinasidan 160 ming doza hamda avgust-sentyabr oylarida COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar