O`zbekiston energetika sohasining faxriy xodimi Mubarakshin Ruslan Gazizovich 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda Energetika vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
R. Mubarakshin 1962 yilda tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1985 yilda “Energiya” birlashgan dispetcherlik markazida elektromontyorlikdan boshlagan. 2001–2017 yillar oralig`ida “O`zbekenergo” AJ va uning tarkibidagi korxonalarda turli lavozimlarda, 2017-2019 yillarda “O`zbekenergo” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo`yicha birinchi o`rinbosari, 2019-2021 yillarda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi, 2021 yil fevraldan hozirga qadar “Chirchiq transformator zavodi” AJ bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi butun mehnat faoliyatini energetika sohasiga baxsh etgan fidoiy energetik Mubarakshin Ruslan Gazizovichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi.
R.Mubarakshinning yorqin xotirasi energetiklar qalbida doimiy saqlanib qoladi.






