Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizati xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, Andijon tumanida yashovchi fuqaro A.I shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro M.I.ning ishonchiga kirib, unga bo`lib to`lash sharti bilan 2.800 AQSh dollari evaziga «Damas» rusumli avtomashina olib berishligini aytadi.
Undan 1.300 AQSh dollari pul mablag`larini oladi. Ammo A.I kelishilgan «Damas» rusumli avtomashinasini olib bermasdan, shu yilning may oyida M.I.ga olgan pullaridan faqatgina 200 AQSh dollarini qaytarib bergan. Qolgan 1.100 AQSh dollarini A.I o`zining shaxsiy ehtiyojlari yo`lida sarflab yuborib, firibgarlik sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan shu yilning 8 iyul kuni fuqaro A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilyotgani aytilmoqda.






