1

Bugun O`zbekistonning 4 ta viloyatida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

Jamiyat 15.07.2021, 08:05
Bugun O`zbekistonning 4 ta viloyatida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Toshkent viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 32-37° gacha isiydi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon shaharning ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat 33-35° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

Farg`ona vodiysi va Qirg`izistonga yondosh hududlarda kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga, 15-16 iyul kunlarida Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1