1

"26 nafar fuqaro javobgarlikka tortildi, 83 nafar fuqaroga esa..." Amir Temur hiyobonida tunda sodir bo`lgan holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Jamiyat 15.07.2021, 08:15
"26 nafar fuqaro javobgarlikka tortildi, 83 nafar fuqaroga esa..." Amir Temur hiyobonida tunda sodir bo`lgan holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Avvalroq, 13 iyul kuni taxminan soat 22.30 larda “Subo” nomi bilan tanilgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov bilan uchrashish uchun poytaxtimizning Amir Temur hiyobonida 200 ga yaqin fuqarlar karantin cheklovlariga rioya etmasdan to`planganligi haqida xabar berilgan edi.. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etildi.

Keltirilishicha, o`tkazilgan dastlabki tekshiruv natijasiga ko`ra, 26 nafar fuqaro (shu jumladan S.Mamedov va uning kuzatuvchilari) karantin qoidalariga zid ravishda jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo`lganliklari uchun O`zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasiga asosan ma`muriy javobgarlikka tortildi, 83 nafar fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida, 9 nafar voyaga etmagan shaxslarning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o`tkazilib, ogohlantirildi.  Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

" Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq epidemiologik vaziyat barqarorlashmagan, shuning uchun sizlardan karantin qoidalariga qat`iy rioya etishingizni, respublika maxsus komissiyasining qarorlariga amal qilishingizni va sog`lig`ingizga e`tiborli bo`lishingizni so`rab qolamiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli chaqiruvlarga uchmang va jamoat tartibini buzmang", - deyiladi IIBB Axborot xizmati xabarida. 

Mavzuga doir:

"Karantin qoidalariga mutlaqo rioya etilmagan",– SSV rossiyalik blogerni kutib olish uchun yig`ilganlar bo`yicha rasmiy munosabat berdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1