1

O`zbekistonda pnevmoniyadan kasallanish keskin oshdi

Jamiyat 15.07.2021, 10:31
O`zbekistonda pnevmoniyadan kasallanish keskin oshdi

Kecha yurtimizda 493 nafar kishida koronavirus, 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV. 

2021 yil 14 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117902 (+493) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-31 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-31 nafari Andijon viloyatida,

-20 nafari Buxoro viloyatida,

-44 nafari Jizzax viloyatida,

-18 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-14 nafari Navoiy viloyatida,

-23 nafari Namangan viloyatida,

-33 nafari Samarqand viloyatida,

-20 nafari Sirdaryo viloyatida,

-28 nafari Surxondaryo viloyatida,

-38 nafari Farg`ona viloyatida,

-10 nafari Xorazm viloyatida,

-52 nafari Toshkent viloyatida,

-131 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 112941 (+395) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 785 nafarni tashkil qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1