AsosiyJamiyat

Mikrobiolog olim 93 yoshida vafot etdi

'Mikrobiolog olim 93 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Mikrobiologiya sohasida etakchi olim Mahmud Zakirovich Zakirov  93 yoshida vafot etdi. Bu haqda Inovasion rivojlanish vazirligi ma`lum qildi.

M.Z.Zakirov O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida «Mikroorganizmlar fermentlari» laboratoriyasining faol tashkilotchilaridan biri bo`lgan va uzoq yillar mobaynida ushbu laboratoriyani boshqargan. Etakchi amaliyotchi, mohir ustoz va murabbiy olim M.Zakirov bakteriya va zamburug`larning turli ferment tizimlarini o`rganish, tavsiflash, ulardan xalq xo`jaligi va sanoatda  keng foydalanish sohasiga ulkan hissa qo`shgan.  

Innovasion rivojlanish vazirligi jamoasi va rahbariyati M.Z.Zakirovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildirmoqda.

 

Boshqa yangiliklar