Avvalroq, Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi oliy darajali xalqaro konferensiya o`z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.
Konferensiya doirasida O`zbekistonga tashrif buyurgan Ozarbayjon Xalqaro aloqalarni tahlil qilish markazi kengashi direktori Farid Shafiev O`zbekistonning tashqi siyosatdagi islohotlari haqida gapirdi.
"So`nggi yillarda O`zbekiston tashqi siyosati juda jiddiy kechmoqda. Islohotlarning barcha yo`nalishi Markaziy Osiyo va mintaqadagi iqtisodiy-siyosiy jarayonlar bilan faol shug`ullanishga qaratilgan.
Mintaqada ro`y berayotgan siyosiy-ijtimoiy voqealarda O`zbekiston muhim rol o`ynamoqda. O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotgani, qator iqtisodiy loyihalarni muhokama qilayotganimizni ham ta`kidlashni istardim. Hamkorligimizning asosi — ikki qardosh mamlakat o`rtasidagi mustahkam siyosiy tayanchdir.
Konferensiyada Markaziy Osiyoning bugungi ahvoli, O`zbekiston mavjud muammolarni qanday hal qilishini xalqaro ekspertlar qanday muhokama qilishini katta qiziqish bilan kutyapman",–dedi Farid Shafiev.






