Namangan viloyati IIBning ma`lum qilishicha, joriy yil 17 iyun kuni, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1974 y.t. ayol ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 7 avgust kuni, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1988 y.t. fuqaro uning ishonchiga kirib, Spark rusumli avtomashinasini 5500 AQSh dollariga sotganligini, avtomashinani hujjatlarida muammo borligi uchun 2020 yil 3 dekabr kuni avtomashinani egasiga qaytarib berganida, pullarini 2021 yil 15 iyun kuniga qadar qaytarishini aytib, avtomashinani olib ketib, pullarini hozirgi kunga qadar bermayotganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Hozirda ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.