Toshkent shahar IIBB ning ma`lum qilishicha, joriy yilning mart oyida Yangihayot tumani IIO FMBdan xabar kelib tushadi. Unda 60 yoshli Nozli U. tanishi 38 yoshli Abdumannop X. dan jami 9.000.000 so`mlik 1.000 kilogramm novvot maxsulotlarini olib, bir kun muddat ichida pullarini berishini va`da qiladi.
Ammo bergan va`dasini bajarmay novvotni sotib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etayotganligi aytilmoqda.






