Ijtimoiy tarmoqlarda "Tracker" rusumli, 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga o`rnatilgan moslama aks etgan videolavha tarqalib turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
IIV YHXBB ning ma`lum qilishicha, mazkur moslama yo`llarda nazoratni ta`minlashda inson omilini cheklash, fuqarolar bilan muloqotni qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan. U qoidabuzarlik holatlarini qayd etishga mo`ljallangan. Hozirda sinov tariqasida qo`llanilib, tajribadan o`tkazilmoqda.
Tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalanish boshlanganda yana qo`shimcha ma`lumot berilishi aytilmoqda.