Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiya Federasiyasi Samara shahridagi vakolatxonasiga 5 nafar O`zbekiston fuqarosi ish beruvchidan pasportlarini olish va ularni majburiy mehnatdan ozod qilishda yordam so`rab murojaat qilgan. Bu haqda agentlik xabar berdi.
O`rganishlar davomida ushbu fuqarolar ish joyi aniqlanib, milisiya otryadlari yuborilgan. Ish beruvchi va mehnat migrantlari milisiya bo`limiga olib kelinib, muzokaralar o`tkazilgan. Natijada fuqarolarning barcha hujjatlari (pasport, patent va boshqalar) qaytarib berildi.
Shuningdek, 5 nafar fuqarodan 2 tasi vatanga qaytishini bildirgan. 3 nafari boshqa joyda ishlashni davom ettirishga qaror qildi.