AsosiyJinoyat

Do`kon hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va`da qilgan soxta xodim qo`lga tushdi

'Do`kon hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va`da qilgan soxta xodim qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko`ra,  o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.A. boshqa bir fuqaro O.ga go`yoki o`zini Uchko`prik tumani “Er resurslari va davlat kadastri” bo`limi mutaxassisi deb tanishtirib, shu yo`l bilan uning ishonchiga kirib, yaqin qarindoshiga tegishli savdo do`koni bo`yicha mulkka egalik huquqini tiklashga tanishlari orqali yordamlashishi hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani ma`lum qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar