2021 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlarga ko`chib ketganlar soni respublika bo`yicha 10 689 kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasiga tayanib Tashqi mehnat migrasiyasi xabar bermoqda.
Hududlar bo`yicha eng ko`p ketganlar soni Qoraqalpog`iston Respublikasi (3 686 kishi), Toshkent viloyati (2 842 kishi) va Toshkent shahri (2 048 kishi) hissasiga to`g`ri keladi.
Qashqadaryo (91 kishi), Buxoro (96 kishi), Surxondaryo (106 kishi), va Namangan (110 kishi) viloyatlaridan nisbatan kam odam ko`chib ketgan.
O`zbekistondan fuqarolar Qozog`iston (65,6 foizi), Rossiya (25,3 foizi), Tojikiston (2,2 foizi), Qirg`iziston (1,6 foizi), Ukraina (1 foizi) va boshqa davlatlarga (4,3 fozi) ko`chib ketgan.