AsosiyJamiyat

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi "diplom berilmayotgani" haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

'Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi "diplom berilmayotgani" haqidagi xabarlarga  munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «O`zbekistonda oliy ta`lim bitiruvchilarining diplomlari turli sabalarga ko`ra berilmayapti» hamda «Yuqori palata nazoratga olib ham barham topmagan ko`zbo`yamachilik» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.

"Vazirlik tomonidan ushbu xabarlarda ko`tarilgan masalalar nazoratga olingan bo`lib, bu borada vazirlik mas`ullari boshchiligida OTM prorektorlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayn formatda yig`ilish o`tkazildi. Unda ortiqcha to`siqlarga yo`l qo`ymasdan, muammolarni bartaraf etgan holda bitiruvchilar diplomlarini elektron shaklda OTMda mavjud “Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimi orqali berish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.", deyiladi xabarda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar